Toshkentda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi muassisligida tashkil etilgan Yosh kinoijodkorlar kengashi nodavlat notijorat tashkilotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

O‘zAning xabar berishicha, yangi tashkilot 31-avgust kuni O‘zbekiston Adliya vazirligida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

“Mazkur Kengashning asosiy maqsadi yoshlarning kinematografiya sohasidagi ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yaqindan ko‘maklashish, kino san’ati vositasida navqiron avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, milliy an’analarmizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir”, — deb yozadi O‘zA.

Ayni vaqtda, “yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir o‘tkazadigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion va qisqa metrajli filmlar, teleseriallar yaratish, turli ijodiy loyihalar, tanlov va festivallar, kinoanjumanlar tashkil etish, kino san’ati uchun zarur mutaxassislar zaxirasini yaratish” kengashning asosiy vazifalaridan.