Noyabr oyi boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yengil avtomobil ishlab chirqaruvchilari 2017-yilda Rossiyada 11 147 dona avtomobil sotgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 150 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda “Nuz.uz”.
2017-yilning yanvar oyidan oktabriga qadar GM Uzbekistan’ning Rossiyada Ravon brendi ostida sotilayotgan yengil avtomobillari juda yuqori o‘sishni ko‘rsatdi.
Qayd etishlaricha, Rossiyada o‘z mashinalarini sotuvchi birorta avtomobil ishlab chiqaruvchi, 2016-yilga nisbatan olganda, Ravon kabi ko‘rsatkichga erishmagan.