Livan armiyasi patruli Baalbek vodiysida jangarilarning o‘q yomg‘iri ostida qoldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida besh harbiy xizmatchi yaralangan.

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa Baalbek vodiysidagi Dor-ul-Vosiya tumanida yuz bergan. Bu haqda ma’lumot olinishi bilan, otishma yuz bergan hududga qo‘shimcha kuchlar tashlangan.

Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda otishmani keltirib chiqargan jangarilarni ta’qib etish ishlari olib borilmoqda.