Kaliforniyadagi elektr dvigatellar va eneriya to‘plovchi tizimlarning prototiplarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Rice Advanced Engineering Systems and Research (RAESR) texnologik startapi olti motorli Tachyon Speed giperkarini taqdim etdi. U yorug‘lik tezligidan ham tezroq harakatlana oladigan gipotetik zarra — taxion sharafiga nomlandi, deb xabar berdi “Motor”.

Foto: “Motor”

Giperkarning tajriba nusxasiga quvvati 1 250 ot kuchiga teng bo‘lgan oltita elektromotor o‘rnatilgan. Soatiga 96 kilometrlik tezlikka chiqishi uchun mashinaga atigi 3 soniya, 190 kilometrlik tezlikka erishishi uchun esa 7 soniyadan kamroq vaqt kifoya qiladi.

“Taxion”ning maksimal tezligi soatiga 386 kilometr bilan cheklab qo‘yilgan.

Foto: “Motor”

Kupening asosi xrom va molibden qotishmasidan iborat quvursimon “qovurg‘a”dan iborat bo‘lib, unga uglerod tolalaridan tayyorlangan panel qotirilgan.

Shuningdek, aerodinamik parda, orqa antiqanotlar, old spoylerlar va diffuzor ham aynan shu tolalardan ishlangan. Giperkarning ayrim qismlari aerokosmik sanoatda ishlatiladigan polikarbonat va neylondan 3D-bosma usuli orqali yaratilgan.

Giperkar qachondan boshlab seriyali ishlab chiqarilishi va uning narxi borasida hozircha ma’lumotlar yo‘q.