Rossiya—2018 mundiali uchun harakatdan to‘xtamagan Avstraliya termasi qit’alararo pley-offning birinchi bellashuvini Gondurasda o‘tkazib, 0:0 hisobidagi durang natijaga imzo chekdi.

Foto: FIFA

Gonduras CONCACAF mintaqasida Meksika, Kosta-Rika va Panamadan keyin 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Avstraliya termasi Osiyo pley-offida Suriyani ikki o‘yin natijasiga ko‘ra taslim qilgandi. Endi ularning o‘zaro o‘yinida g‘olib chiqqan terma jamoa JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritadi.

Avstraliya Suriyani teng o‘ynab, taslim qila olmadi. “Sokkeruz”ga o‘zbekistonlik hakam “yordam berdi”

Tomonlarning Avstraliyadagi javob o‘yini 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Qit’alararo pley-offda, shuningdek, Yangi Zelandiya va Peru termalari ham o‘zaro raqobat hosil qiladi. Mazkur to‘qnashuvning birinchisi 11-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Italiya JCh—2018 dan chetda qolishi mumkin. Skuadro Adzurro pley-offda Shvetsiyadan yengildi

JCh—2018

Pley-off

10-noyabr, juma

Gonduras — Avstraliya 0:0

JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan mamlakatlar: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama, Senegal.