Janubiy Koreya va Kolumbiya termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida mehmonlar futbolchisi Edvin Kardona irqchilik ruhidagi harakati bilan yodda qoldi. Bu holat FIFA tomonidan ko‘rib chiqilishi katta ehtimol.
Osiyo yetakchilari FIFA kunlarida nomdor raqiblarga qarshi o‘ynamoqda. O‘zbekiston-chi?
JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan bu mamlakatlar 10-noyabr kuni Koreyada o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 24 yoshli futbolchi o‘yinning 2-bo‘limida asablarini jilovlay olmadi va koreyaliklarning ustidan ochiqchasiga kuldi.Har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi. Edvin Kardona bunda raqib futbolchisiga qarab, qo‘llari bilan ko‘zlarini kichraytirib ko‘rsatdi va bu bilan uning ustidan kulishga urindi. FIFA irqchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi bo‘lgani uchun, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etila boshlandi.
Yetmaganiga, Kolumbiya televideniyesi ham bu ishni takrorladi. Dasturlarning birida jurnalist va ishtirokchilar ko‘zlarini xuddi shu ko‘rinishga keltirdi.
14-noyabr kuni Kolumbiya termasi o‘rtoqlik o‘yinida Xitoyga qarshi saf tortadi. Xitoyliklar Kardonani qanday kayfiyatda kutib olishini vaqt ko‘rsatadi.