Isroil harbiylari Suriya bilan chegarada uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirdi. Bu haqda armiya mabuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Dron Isroil havo hududiga Golan tepaliklari tomonidan kirishga urindi. Uni qo‘lga olish uchun Patriot zenit-raketa kompleksidan foydalanildi.

Harbiylar qurilma Rossiyada ishlab chiqarilganini bildirdi va uning Suriya hukumat kuchlariga tegishli ekanligini taxmin qildi.