Rossiya tergov qo‘mitasi Ijevsk shahrida ko‘p qavatli uyning qulashiga sabab bo‘lgan portlash ro‘y bergan kvartirada istiqomat qiluvchi fuqaroni qotillikda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kvartirada onasi bilan yashab kelgan Aleksandr Kopitov yo‘l qo‘ygan beparvolik tufayli portlash kelib chiqqan, buning oqibatida podyezd va undagi 32 kvartira vayron bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 9-noyabr kuni Ijevsk shahrida to‘qqiz qavatli uy podyezdining qulashi oqibatida 32 kvartira vayron bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, fojia qurbonlari soni olti kishiga yetdi.