Saudiya Arabistonida 5-noyabr kuni korrupsiyada gumonlanib, 11 nafar shahzoda, bir qator oliy mansabli shaxslar va nufuzli ishbilarmonlar qo‘lga olingani haqida ma’lum bo‘ldi. Korrupsiyada ayblanayotganlar mamlakatdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biriga joylashtirildi. Buning uchun Ritz Carlton mehmonxonasidan 100 dan ortiq mehmon chiqarib yuborilgan. “Kommersant” mashhur va nufuzli shaxslar jinoyat sodir etgani uchun saqlangan joylar suratlari jamlanmasini taqdim etdi.
Mavzuga doir: Dunyodagi eng hashamdor “qamoqxona”. Qo‘lga olingan saudiyalik shahzodalar 5 yulduzli mehmonxonaga qamaldi (foto+video)
Bu yerda beton to‘siqlar yo‘q, tikanli simlarni esa evkalipt daraxtlar yashirib turadi. Siyosatchining kelishidan oldin qamoqxona bir million dollar sarflab, ta’mirlangan va mebellar o‘zgartirilgan.
2011-yildan 2016-yilgacha xuddi shu qamoqxonada nomusga tegish jiinoyati uchun Isroilning sobiq prezidenti Moshe Katsav saqlangan. U uzoq vaqt qamoqxona kiyimini kiyishdan bosh tortgan va yahudiylikning asosiy bayramini hamda o‘g‘lining nikoh to‘yini oila davrasida nishonlash uchun ta’til olgan.
Filadelfiyada 1929-yilning may oyida qo‘lga olingan gangster Al Kapone bir yillik qamoq jazosini o‘tash uchun shahar qamoqxonasiga jo‘natilgan.
Mashhur jinoyatchining kamerasi saqlashning qulay sharoitlarda taqdim etilgan “Avenyu xiyoboni bloki” qanotida joylashgan edi.
Xususan, mafiya boshlig‘ining xonasi yaxshi isitilgan, yaxshi mebel va gilamlar bilan jihozlangan va devorlarga moy bo‘yoqda chizilgan suratlar osilgan edi. Bundan tashqari Al Kapone radiodan musiqa eshitishi mumkin bo‘lgan. Hozirgi paytda xohlovchilar sayyohlik guruhi tarkibida bu xonani borib ko‘rishi mumkin.
2000-yilning 13-iyunida “Media-Most” xoldingi rahbari Vladimir Gusinskiy firibgarlikda gumonlanib, hibsga olingan. Mediamagnat Butirskiy qamoqxonasida uch kun saqlangan. Bu vaqt ichida uning kamerasida televizor, muzlatgich va elektr ustara paydo bo‘lgan. Uning ortida esa sutka davomida ofitserlar tinimsiz navbatchilikda turgan. Vladimir Gusinskiyning o‘zi muassasaning kattasi etib tayinlangan va mahbuslarga “Media-Most” jurnalining sonlarini bepul tarqatishga kelishgan.
2014-yilning may oyida Paragvay sudi narkobaron Jarvis Ximenes Pavaoni sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. 2016-yilning yozida uning “Takumbu” qamoqxonasida saqlanish sharoitlari ma’lum bo‘ldi. Kamera uchta xonadan iborat bo‘lib, katta ekranli televizor bilan jihozlangan. Shuningdek, u yerda oshxona, majlislar zali, kiyim ilinadigan javon, kichik kutubxona va hatto yugurish yo‘lakchasi ham bo‘lgan.
Xonada gitara, filmlar va seriallar disklarining kolleksiyasi bo‘lgan. Uning ustunlik tarafi pul ishlab olishga ham imkon bergan. Bir martalik besh ming dollarlik to‘lov va oylik 600 dollar ijara haqi evaziga Ximenes boshqa mahbuslarga xonalardan birida yashashga ruxsat bergan.
Chili diktatori Augusto Pinochetning safdoshlari uning o‘limidan so‘ng qotillik va harbiy jinoyatlarda ayblanib, qamalgan. Mahbuslar nufuzli “Kordilyera” qamoqxonasiga joylashtirilgan.
Ularda internetdan, kabelli televideniyedan va tennis kortidan foydalanish imkoniyati bo‘lgan. 2013-yilda maxfiy politsiyaning sobiq rahbari o‘z intervyusida qamoqxonadagi qo‘riqchilar uning hassasini ushlab turish uchungina kerakligini ma’lum qilgan. Mahbuslar barbeku kechasi uyushtirmoqchi bo‘lgani va o‘z qarindoshlarini taklif qilmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar katta noroziliklarga sabab bo‘lgan. Chili rahbariyati mahbuslarni oddiy qamoqxonaga o‘tkazishga qaror qilgan. Pinochet razvedkasining sobiq rahbari Odlaner Mena bu haqda xabar topib, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan.
Norvegiyalik terrorchi Anders Breynik 77 kishining o‘limi uchun 2012-yilda 21 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va muddatni cheksiz uzaytirish imkoniyati bo‘lgan “Ila” qamoqxonasiga joylashtirilgan. Breynikni saqlash sharoitlari boshqalarnikiga qaraganda yengilroq bo‘lgani uchun u eng maksimal jazoni olgan va bu Norvegiyadagi birinchi holat bo‘lgan.
Breynikning bir kishiga mo‘ljallangan kamerasida uchta xona bor: yotoqxona, kabinet va trenajor xonasi. U internetdan, televizordan va videoo‘yinlardan foydalanishi mumkin. Biroq terrorchining o‘zi bu sharoitlardan bir necha marta shikoyat qilgan. Breynik sovuq qahvadan, havo namlantirgichning yo‘qligidan va derazadan ko‘rinadigan manzaraning xunukligidan norozi bo‘lgan.
Kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobar 1991-yilda o‘zi uchun qurdirgan ”La Katedral” qamoqxonasiga qamalgan.
Mahbusning saqlanish joyi, diskoteka, suzish havzasi, jakuzi, sauna va futbol maydonidan iborat kompleks bo‘lgan. Eskobar qamoqxonani bemalol tark etishi va u yerdan o‘zining kokain biznesini boshqarishi mumkin bo‘lgan. Sheriklari 1992-yilda uni o‘marib ketganida, Eskobar ularni mazkur qamoqxonaga olib kelgan va urib o‘ldirgan. Kolumbiya hukumati Eskobarni oddiy qamoqxonaga ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilgan, biroq Eskobar qochib qolishga ulgurgan.
2017-yilning 5-noyabrida Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumonlanib, 11 nafar shahzoda, 4 nafar amaldagi va 38 nafar sobiq vazir qo‘lga olindi. Tergov vaqtida ular besh yulduzli Ritz Carlton mehmonxonasiga joylashtirildi.
Biroq hibsda saqlanayotganlar mehmonxonaning ba’zi xizmatlaridan foydalana olmaydi: ular tunni foyyedagi matraslar ustida o‘tkazdi. Yopinchiq vazifasini esa gilamlar bajardi. Ayni vaqtda Ar-Riyoddagi Ritz Carlton’da rasman 16-noyabrgacha xona band qilib bo‘lmaydi.