Los-Anjeles aeroportida yo‘lovchilarga parvoz oldidan tinchlanishga ko‘mak beruvchi maxsus itlar bor. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
“Yo‘lovchilar uchun tinchlantiruvchi jonivorlar” dasturi 2013-yilda joriy etilgandi. Itlar “Meni siypala” yozuvi tushirilgan yorqin qizil nimchalarga kiyintirilgan.
Dasturda ishtirok etuvchi barcha itlar maxsus kartochkalarga ega. Ularda jonivorning laqabi, sevimli yeguliklari va o‘yinlari ko‘rsatilgan. Bu kartochkalar hammadan ham ko‘proq bolalarga yoqadi.
Mazkur dasturga kirgan barcha jonivorlar Terapevt itlar alyansida qayd etilishi lozim. Ular har ikki soatda almashib turadi, bundan uzoq vaqt davomida itlar toliqib qoladi.