Bortida 52 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan Britaniyaning Flybe aviakompaniyasiga tegishli samolyot Belfast xalqaro aeroportida old shassisiz qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Bombardier Q-400 samolyotining shassisi xuddi shu aeroportdan uchish vaqtida buzilgan. Ta’kidlanishicha, havo kemasi qo‘nishdan oldin yoqilg‘ini sarf qilish maqsadida Irland dengizi uzra ikki soat aylanishga majbur bo‘lgan.
Noxush hodisa oqibatida bir yo‘lovchi boshidan jarohat olganligi sabab shifoxonaga yotqizilgan.