AQSh kongressida mamlakat sobiq prezidentlari uchun pensiyani yiliga 200 ming dollargacha kamaytirish taklif etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Pensiya kichik summaga qisqarishi bildirilmoqda. Hozirda sobiq davlat rahbarlari yiliga 205 ming dollar atrofida oladi.

“Prezidentlik nafaqasini isloh qilish haqidagi qonun soliq to‘lovchilarning bunday ko‘makka muhtoj bo‘lmagan sobiq prezidentlarni qo‘llab-quvvatlashini kamaytirish, shuningdek, eskirgan choralarni modernizatsiya qilishga qaratilgan”, — dedi qonun loyihasi muallifi, vakillar palatasi a’zosi Jodi Xays.