Canalys kompaniyasi mutaxassislari 2017-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlarning kuchli beshtaligini tuzdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ekspertlarning ta’kidlashicha, aynan iPhone 7 xaridorlar o‘rtasida eng talabgir smartfon bo‘lgan.

“2017-yilning uchinchi choragida jahonda eng ko‘p sotilgan smartfon iPhone 7 bo‘ldi. Apple kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida 13 millionta iPhone 7 sotgan”, — deyiladi xabarda.

Ikkinchi o‘rinni esa 7,9 millionta ko‘rsatkich bilan iPhone 6S, uchinchi o‘rinni 7,8 million dona sotilgan Samsung Galaxy J2 Prime egallagan.

Reytingning keyingi o‘rinlaridan 7,8 va 7,2 millionta ko‘rsatkich bilan Oppo A57 hamda R11 o‘rin olgan.

Kuzda sotuvga chiqarilgan iPhone 8 kuchli beshtalikka kira olmadi.