JCh-2018 saralashi pley-offining Yevropa mintaqasi doirasidagi 2 uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Gretsiyani qabul qildi. O‘yin xorvatlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar tarkibida Luka Modrich, Nikola Kalinich, Ivan Perishich va Andrey Kramarich greklar darvozasini zabt etgan bo‘lsa, greklarning yagona goli Sokratis Papastatopulos nomiga yozildi.

Xorvatiya — Gretsiya 4:1

Gollar: Luka Modrich, 13 - penalti (1:0). Nikola Kalinich, 19 (2:0). Sokratis Papastatopulos, 30 (2:1). Ivan Perishich, 33 (3:1). Andrey Kramarich, 49 (4:1).

Shimoliy Irlandiya hamda Shveysariya uchrashuvi esa shveysariyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol 58-daqiqada “Milan” jamoasi himoyachisi Rikardo Rodriges tomonidan kiritildi.

Shimoliy Irlandiya — Shveysariya 0:1

Gol: Rikardo Rodriges, 58 - penalti (0:1).

Shu tariqa Xorvatiya hamda Shveysariya terma jamoalari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JChga borish uchun yaxshigina imkoniyat hosil qilib oldi.