Xivada mehmonxona farroshi mijozning pullarini o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: LiveJournal

Ma’lum bo‘lishicha, Xivadagi mehmonxonalarning birida yashovchi mijoz hamyonidan 2,5 ming dollar va 5 ming rubl yo‘qolgani haqida murojaat qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘rilik shu mehmonxonada farrosh bo‘lib ishlovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Xabar berishlaricha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV axborotida voqea aynan qaysi mehmonxonada, qachon yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.