Vatikanda 2018-yilda xodimlarga, diplomatlarga, shuningdek, rasmiy maqsad bilan kelgan diniy tashkilot vakillariga sigaret sotish taqiqlanadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Google Images

“Muqaddas taxt odamlar salomatligiga jiddiy zarar keltiradiigan faoliyatni qo‘llab-quvvatlay olmaydi”, — deyiladi Vatikan matbuot xizmatining bayonotida. Shuningdek, bayonotda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining chekish natijasida dunyoda bir yilda yetti million kishining vafot etishi haqidagi ma’lumotlari ham keltirilgan.

Vatikan xodimlari va bir qator boshqa shaxslar guruhi sigaretlarni past narxda sotib olishi mumkin. Shu tariqa sotib olingan sigaretlar Italiyada qimmatroq narxda sotiladi.

Italiya OAVlarining tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra, sigaret savdosi Vatikanga yiliga taxminan 10 million yevro daromad keltiradi va mazkur davlatning soliqsiz yoqilg‘i savdosidan keyingi ikkinchi yirik daromad manbai hisoblanadi.