Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Fors ko‘rfazi arab davlatlari harbiy koalitsiya kuchlari tomonidan Yaman portlarining qamalga olinishi vaqtinchalik chora bo‘lib, qisqa muddat davom etadi. Bu haqd Saudiyaning BMTdagi doimiy vakili Abdulla al-Muallimiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Uning ma’lum qilishicha, qamal holatiga qaramay, oziq-ovqat yuklarining mamlakatga yetkazilishi davom etadi.

“Bu choralar vaqtincha … Ular konkret vaziyatga javobdir. Vaziyat o‘nglangach, choralar bekor qilinadi”, — dedi al-Muallimiy Al Sharq al Awsat nashriga bergan intervyusida.

Ar-Riyodga xusiylar tomonidan raketa hujumi uyushtirilgach, Saudiya Yamandagi portlar va havo kirish yo‘llari yopilishini ma’lum qilgan edi. BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik buning oqibatida mamlakatda ochlik yuzaga kelishi va tibbiy muassasalar yopilishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.