Toshkentning Mirobod tumanida “Korzinka.uz — Qo‘yliq” supermarketi ishga tushdi. Bu haqda tarmoqning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar karnay-surnay va sho‘x milliy musiqalar jo‘rligidagi quvnoq muhitdan bahramand bo‘ldi. Bundan tashqari, maxsus kun munosabati bilan do‘konda chegirma va aksiyalar amal qilmoqda.

“Korzinka.uz — Qo‘yliq” Mirobod tumanida, Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Munis ko‘chasi kesishmasida joylashgan. Mo‘ljal: Mebel doʻkoni.

Bugungi kunga kelib Toshkent shahrida 20 ta va Olmaliq shahrida 1 ta “Korzinka.uz” do‘koni faoliyat yuritmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya do‘konlarini O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ochishni davom ettiradi.

Tarmoqning barcha savdo nuqtalari va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi sahifalarda tanishib borishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida