Amerikalik erkak o‘z qizchasini ko‘prikdan tushib ketishdan qutqarib qoldi. Hodisa yuz bergan vaqtda bolaning onasi ularni tasvirga olayotgan edi. Video YouTube’ga joylangan va tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Oila Kaliforniyadagi Yosemit milliy bog‘ida dam olayotgan edi. Ayol erini qizchasi bilan birga suratga olishga qaror qilgan. Erkak pozaga turmoqchi bo‘lganida qizcha ko‘prikning chetidan tushib ketishiga bir bahya qoladi, ota chaqqonlik bilan qizchaning qo‘lidan ushlab oladi.