Biologlar surunkali charchoq sindromi haqiqiy xastalik ekanligining navbatdagi dalillarini topdi hamda yuz minglab AQSh armiyasi faxriylarida kuzatiladigan “Iroq urushi sindromi” ham kasallik bo‘lishi mumkinligiga ayrim dalillar keltirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

“Biz surunkali charchoq sindromi hamda ‘Fors ko‘rfazi sindromi’ning ikki ko‘rinishidan aziyat chekadigan mijozlar miyasi barqaror tarzda ishlab chiqaradigan uch molekula to‘plamini aniqladik. Bu yangilik, shubhasiz, tashuvchilarni xursand qiladi, negaki ularga ko‘pincha bunday kasallik yo‘qligini, muammo ruhiyat bilan bog‘liqligini aytishadi”, — dedi Jorjtaun universiteti (AQSh) vakili Jeyms Baranyuk.

Oxirgi yillarda tibbiyot xodimlari surunkali xastalik sindromidan aziyat chekayotgan odamlar soni oshib borayotganini qayd qilmoqda. Ko‘pchilik mijozlarda uyqusizlik, charchoq va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Shu paytgacha bu sindrom sabablarini aniqlashning imkoni bo‘lmagan edi, shu bois u ruhiyat bilan bog‘liqligi aytib kelinar edi.