NASA vakillari YouTube’ga Yupiterdagi qutb yog‘dusi aks etgan videoni joyladi. Videorolik teleskop yordamida olingan tasvirlardan tayyorlangan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Rolikda turli chastotalarda mavjlanayotgan yog‘dular aks etgan. Ayni vaqtda Yupiterdagi rentgen nurlarining tabiati batafsil o‘rganilmagan.