Las-Vegas ko‘chalarida harakatini boshlagan avtobus ikki soat keyin yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Politsiyaning xabariga ko‘ra, YTH odamning aybi bilan yuz bergan. Yuk mashinasining haydovchisi o‘z vaqtida mashinani to‘xtata olmagan va burilishda avobusga urilgan. YTH jiddiy bo‘lmagan va hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Twitter / @seattletimes

Shahar ma’muriyatining xabar berishicha, avtobusning datchiklari to‘siqni o‘z vaqtida qayd etgan. “Agar yuk mashinasida ham shunday qurilma bo‘lganida, YTHning oldini olish mumkin bo‘lardi”, — deyiladi ma’muriyat xabarida.

Fransiyaning Navya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus 12 kishiga mo‘ljallangan.

Joriy yilning yanvar oyida avtobus Las-Vegasda sinovdan o‘tgan. Shundan so‘ng shahar rahbariyati uni yo‘nalishga chiqarishga qaror qilgan. Avtobus ishining birinchi kunida o‘nlab odamlar unda bepul yurish uchun navbatda turgan.