Fransiyaning Tuluza shahri chetida 28 yoshli erkak mashinasini o‘quv muassasasi yonida to‘planib turgan talabalar ustiga haydadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: The Independent

Xitoylik uch talaba jabrlandi. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda.

Politsiyaga ko‘ra, jinoyat qasddan sodir etilgan.

Jinoyatchi ushlandi. Muqaddam u narkotik bilan bog‘liq qonunbuzarliklar uchun politsiya nigohiga tushgani aniqlandi.