Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘smirligida bir pichoqbozlik chog‘ida qotillikka qo‘l urganini tan oldi. Bu haqda Duterte Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC News.

Foto: EPA

Filippin yetakchisining so‘zlariga qaraganda, o‘shanda u 16 yoshda edi. Dutertening rasmiy vakili bu gaplar hazil ekanligini aniqlashtirishga shoshildi.

“Prezident chetda turib filippinliklarga murojaat qilganida har doim yorqin lingvistik uslublarni qo‘llaydi”, — tushuntirdi u.

2015-yili Duterte 17 yoshida plyajda ro‘y bergan pichoqbozlikda bir kishini o‘ldirganini tan olgan edi. Bu safar ham u aynan shu voqeani nazarda tutgan-tutmagani noma’lumligicha qoldi.