Mirobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda uyini tozalab artib berish uchun kelib, uyni “tozalab” ketgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi.

Mirobod tumanida 24-avgust kuni soat 09:00 dan 9-noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 1983-yilda tug‘ilgan Chilonzor tumani Qizil sharq ko‘chasi 22-uyda yashovchi A.A , Pirmuhamedova ko‘chasi 3-uyga farrosh sifatida kelgan.

A.A xonadon egasining ishonchini suiste’mol qilib, yotoqxonadagi shkaf ichidan 8475 AQSh dollari, 20 yevrosi, 1200 AQSh dollarlik olti turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari, 3 000 000 so‘mlik ayollar sumkasi, 300 000 so‘mlik ayollar kurtkasi, 300 AQSh dollarlik ayollar shubasini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Aga nisbatan Mirobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.