Asli farg‘onalik bo‘lgan millioner, Dubaydagi zirhli avtomobillar ishlab chiqaruvchi Inkas kompaniyasi rahbari Ulug‘bekxon Maxsumov “Russkiye Emirati” jurnaliga intervyu berdi, deb yozadi MyDay.

Foto: MyDay

Biznesmen mazkur intervyuda o‘z biznesini qanday boshlagani va hozirgi kunda nimalarga egaligi haqida so‘zlab berdi. Uning shaxsiy avtomobil parkida Bentley, Maybach, Ferrari, “Volga”, “Lada Pobeda” kabi avtomobillardan iborat 25 ta mashinasi bor. Endilikda park Tesla X avtomobili bilan to‘ldiriladi.

Foto: MyDay

Kompaniya bir yilda 80—100 tagacha zirhli BTR va Mercedes, Maybach, BMW va boshqa rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqaradi.

Foto: MyDay

Kompaniya xizmatlaridan prezidentlar, vazirlik va elchixonalar xodimlari, biznesmenlar foydalanadi.

Foto: “Russkiye Emirati”