Buyuk Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishning aniq muddatini qonunchilik darajasida belgilab qo‘yadi. Bu haqda Brexit masalalari vaziri Devid Devis bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga qaraganda, qirollikning Ittifoq tarkibidan chiqishi 2019-yil 29-mart kuni London vaqti bilan soat 23:00 da sodir bo‘lishi mumkin.

Oldinroq Britaniya Yevroittifoqni Brexit boshlanganidan roppa-rosa ikki yil o‘tib tark etmoqchiligi ma’lum qilingan edi.

“Biz jamoatchilik vakillari va parlament a’zolariga quloq tutib, har qanday chalkashliklar oldini olish uchun aniqlik kiritdik”, — dedi Devis.