AQSh milliy arxivi (NARA) mamlakatning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi tergovi bilan bog‘liq hujjatlarning navbatdagi paketini e’lon qildi. Shu yil ichida to‘rtinchi hujjatlar to‘plami oshkor etilmoqda, deb xabar beradi “RBK”.

Jon Kennedi. Foto: Wikipedia

Xabarnomada aniqlashtirilishicha, to‘rtinchi bosqich doirasida ochiq bazaga joylashtirilgan hujjatlarning umumiy miqdori 13213 tani tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, 9-noyabr kuni chop etilgan hujjatlarning katta qismi oldin ham jamoatchilik e’tiboriga taqdim etilgan, lekin tahrirlangan shaklda.

“Hujjatlarning bugun chiqarilgan versiyalari 2017-yil 26-oktabrdan biroz oldin tayyorlangan va tezroq tarqatish maqsadida yuborilgan”, — deyiladi xabarda.

Hujjatlar 1992-yili qabul qilingan Kennedi arxivi to‘g‘risidagi qonun doirasida e’lon qilinmoqda. Unda hujjat massivlarining maxfiyligi hamda jinoyat uchun ta’qib qilish muxlatlari belgilangan. Arxiv xabarida keltirilgan havola orqali hujjatlarni darhol yuklab olish mumkin.