Yahoo kompaniyasining sobiq rahbari Marissa Mayer AQSh senati eshituvida rossiyalik kiber jinoyatchilar tomonidan xizmatning uch milliard akkaunti buzib kirilgan va o‘g‘irlangani ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: BBC

“Biz tomondan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar kompaniyani kiber hujumlardan muvaffaqiyatli himoya qilishga yordam berayotganiga qaramay, Rossiya agentlari tizimga hujum qildi va foydalanuvchilarimizga tegishli ma’lumotlarni o‘g‘irladi”, — deydi Mayer.

Shaxsiy ma’lumotlarning sizishini davlat tomonidan tadqiq etilishi yanvar oyida boshlangan edi. Yahoo’ning AQSh maxsus xizmati bilan hamkorligiga qaramay kiberhujumlar mexanizmini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.