Xitoylik erkak 25 ta iPhone X yordamida sevgilisiga turmushga chiqishni taklif qildi. U gadjetlarni sotib olib, yurak shaklida joylashtirib chiqdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Connectica

Aytilishicha, yosh dasturchi darrov 25 gadjet uchun buyurtma berib, ularni 3-noyabr kuni olgan. Aynan shu kuni Xitoyda yangi iPhone sotuvi boshlangan edi.

O‘z telefonlarini olgach, yigit maydonga atirgul yaproqlarini sochib chiqqan, so‘ng ularning ustiga gadjetlardan yurak shaklini yasagan. Kompozitsiya markaziga u uzuk solingan qutini joylagan.

Foto: Connectica

U rejasiga do‘stlarini ham jalb qilgan — aynan ular bexabar qizni voqea joyiga boshlab kelgan.