Tarmoqlarda Uber Elevate uchuvchisiz boshqariladigan taksining videosi paydo bo‘ldi. Kompaniya uchuvchisiz boshqariladigan taksi xizmatini 2020-yilda Los-Anjelesda ishga tushirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Kard: YouTube

Bundan tashqari yaqinda Uber kompaniyasi NASA bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimga imzo chekdi. Kompaniyalar havo harakatini tartibga soluvchi yangi mukammal tizimni yaratish ustida birgalikda ish boshlaydi.

Uchuvchisiz boshqariladigan taksidan foydalanish uchun yo‘lovchilar Uber dasturi orqali chipta sotib olishlari, shundan so‘ng yaqin atrofdagi osmono‘par binoning qo‘nish maydonchasiga ko‘tarilishi kerak. U yerda yo‘lovchilarni Uber konvertoplani kutib oladi.

Uber’ning ma’lum qilishicha, Los-Anjeles orqali bir yarim soatlik sayohat uchar taksilar yordamida 30 daqiqada bosib o‘tilishi mumkin.

Aerotaksilar bir kunda o‘n minglab reyslarni amalga oshirishi, shu bilan birga ulardan foydalanish mijozlarga o‘rtacha 20 dollarga tushishi taxmin qilinmoqda.