Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Bolqon viloyatida barpo etilgan yangi sport majmuasiga tashrif chog‘ida velosipedda o‘tirib basketbol o‘ynash qobiliyatini namoyish etdi. Voqea aks etgan video YouTube’da joylashtirildi.

Foto: UzReport

Videoni 9-noyabr kuni “Xroniki Turkmenistana” portali e’lon qildi.

Dastlab davlat rahbari trenajyor zalida shug‘ullandi. Shundan so‘ng u velosipedga o‘tirib, basketbol to‘pini bir necha marta ustalik bilan savatga uloqtirdi.

Sport majmuasiga tashrifdan so‘ng prezidenti qurshovi bilan Kaspiy dengizi bo‘ylab velosipedda sayr qildi.