Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi muqaddam sudlangan, 1991-yilda tug‘ilgan Sh.A Toshkent viloyatining Parkent tumani “Chinor” shaharchasi Birlik ko‘chasida eshigi ochiq qolgan Nexia rusumli avtomashinani olib qochdi, deb yozadi IIV matbuot xizmati.

Ko‘rilgan choralar natijasida, mazkur avtomashina Ohangaron tumanidagi “Chinor” yo‘l-patrul xizmati postida Sh.A boshqarib ketayotganida ushlandi. Avtomashina texnik soz holda egasiga qaytarildi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.