Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralashidan joy olgan Iroq — Qatar o‘yinida qiziqarli holat yuz berdi. Bellashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov boshqarib borgandi.

Foto: OFK

O‘yin 1:1 hisobida yakuniga yetgandi. Bunga qadar Iroq ham, Qatar ham Livan ustidan 2:0 hisobida zafar quchgandi. Guruh g‘olibini aniqlash uchun, Asimov penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda Qatar 3:2 hisobida yutib, yetakchiga aylandi.

Aniq tomoni, Qatar termasining asli yarim himoyachi bo‘lgan a’zosi penaltilar seriyasida jamoasini qutqarib qolgan. Seriya davomida darvozasini ishonchli qo‘riqlayotgan qatarlik posbon Shehab Mamduh penaltidan berilgan zarbani qaytargan bo‘lsa-da, u darvoza chizig‘ini erta tark etgan. Soccer Bloger’ning izoh berishicha, Asimov 2016-yildan buyon amalda bo‘lgan qoidaga asosan darvozabonga ikkinchi ogohlantirishni ko‘rsatib, uni maydondan chetlatgan. Shuningdek, hakam penaltini qaytadan amalga oshirish haqida ko‘rsatma bergan.

Natijada darvozani jamoa sardori Nosir Abdulsalom Al-Ahrak egallashiga to‘g‘ri keldi. Yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, sardor ham darvozabonlikni yaxshi uddaladi va iroqlik futbolchining zarbasini qaytarib, Qatar g‘alabasini ta’minladi.

MyTube orqali futbolchi penaltini qanday qaytarganini ko‘rish mumkin. Mana bu havolada esa Asimov Qatar darvozabonini jazolab, mezbonlar quvonchini biroz kechiktirgani yaqqolroq aks etgan.

Yaqindagina O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar futboli boshchisi bilan memorandum imzolab qaytgandi. Shundan keyin Qatarning yuqoridagi jamoasi O‘zbekiston yoshlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan bo‘lib, bellashuv o‘zbekistonlik futbolchilarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.

O‘FF prezidenti Qatarda vaqti O‘zbekiston termasi Qatar yoshlariga 4 ta gol urdi