Kembrij universiteti olimlari qo‘ylar odamlarning yuzini ularning suratidan farqlay olishini tushuntirib berdi. Nazariya AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, aktrisalar Emma Uotson va britaniyalik boshlovchi Fiona Bryusning suratlarida tekshirib ko‘rildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Dastlab qo‘yga shunchaki yuzni tanish o‘rgatilgan. Buning uchun qo‘y ikkita ekran o‘rnatilgan maxsus xonaga kiritilgan. Ekranlarning birida mashhur shaxsning surati paydo bo‘lgan, bu vaqtda ikkinchi ekran o‘chiq holda qolgan. Har safar qo‘y suratli ekranni tanlaganda, yegulik olgan.

Kadr: YouTube

Qo‘y yuzni tanishni o‘rganganidan so‘ng, unga ikkita surat ko‘rsatilgan. Agar u tanish yuzni tanlasa, yana yegulik bilan taqdirlangan. Qo‘ylar o‘nta holatdan sakkiztasida yuzlarni taniy olgan, xususan yon tarafdan tasvirlangan yuzlarni ham.

Qo‘ylar o‘z egasining yuzini hech qanday mashg‘ulotsiz taniy olishi olimlar tomonidan qayd etilgan.

Tajriba uchun mutatsiyaga uchragan qo‘y tanlangan. Mazkur mutatsiya bosh miya po‘stlog‘i atrofiyasini keltirib chiqaruvchi nerv tizimining genetik kasalligi hisoblanadigan gentingtonni chaqiradi. Qo‘ylarning bu turi 2006-yilda genetik Rassel Shell va neyrobiolog Richard Faull tomonidan aniqlangan. Olimlar tadqiqot mazkur kasallikni davolash uchun qo‘llanilayotgan dorilarning samaradorligini oshirishiga xizmat qiladi, deb umid bildirmoqda.