“Elektron minbar” nashri Malayziyaning Malakka shahridagi suv ustiga qurilgan masjid haqida hikoya qildi.

Foto: “E-minbar.com”

Malakkada masjidlar ko‘p, ammo indo-musulmon me’morchiligini o‘zida mujassamlashtirgan, noodatiy masjidlar ichida shaharning haqiqiy timsoli — Salot masjidi yoki Malakka bo‘g‘ozi masjidini qayd etish kerak, deyiladi xabarda. U qit’a bilan 30 metrli ko‘prik yordamida bog‘langan Pulau Melaka sun’iy oroli qirg‘og‘ida joylashgan.

Foto: “E-minbar.com”

Foto: “E-minbar.com”

Masjid dengiz qa’riga qoqilgan qoziqlarga tayanib turadi. Unga kirish uchun esa kichik ko‘prikdan o‘tish kerak.

Masjid to‘rt yil davomida qurilgan va 2006-yilning noyabrida ochilgan.

Foto: “E-minbar.com”

Foto: “E-minbar.com”

Masjidning 30 metrli minorasi alohida turibdi, u o‘zining asosiy vazifasidan tashqari, mayoq vazifasini ham o‘taydi. Masjid ichida, shuningdek, ta’lim markazi va kutubxona ham bor.

Foto: “E-minbar.com”

Foto: “E-minbar.com”