9-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “RIA Novosti”

1. Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi. Tashrif Islom Karimov qabri ziyoratidan boshlandi.

2. AQSh O‘zbekiston bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor. Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni nafaqat AQSh delegatsiyasini, balki BMT va YXHT vakillarini ham qabul qildi.

3. O‘zbekiston qizamiq va qizilchadan xoli mamlakat deb tan olindi. So‘nggi o‘n yillikda O‘zbekiston vaksinalarni sotib olishni barqaror va mustaqil ravishda moliyalashtirishga o‘tdi.

4. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan O‘zbek tilining xalqaro baholash tizimi — UzLISA yaratildi. Ushbu tizim ingliz tilining IELTS, koreys tilining TOPIC, yapon tilining JLPT va boshqa tillarning baholash tizimlari bilan bir qatorda o‘zbek tili tarixida birinchi marta yo‘lga qo‘yilmoqda.

5. Mezbon Tojikistondan yengilgan O‘zbekiston yoshlar termasi Osiyo chempionatidan chetda qoldi. O‘zbekistonlik yosh futbolchilarni so‘nggi o‘yinda durang natija ham qanoatlantirardi, biroq ular mag‘lub bo‘ldi.