Rossiyaning Rostov-Don shahrida 2016-yil 19-martida qulagan Boeing 737–800 qurbonlarining qarindoshlari FlyDubai aviakompaniyasini sudga berdi. Bu haqda Meduzaga ularning advokati Vsevolod Sazonov bayonot berdi.
Da’vogarlar FlyDubai’dan 10 million dollar miqdorida tovon puli undirishni rejalashtirmoqda.
Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining dastlabki xulosalari avariyaga uchuvchining xatosi sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Sud da’voni ko‘rib chiqishni boshladi.
Izoh (0)