Rossiya pochtasi Voronej viloyati pochta aloqa bo‘limidan 23-oktabrdan 3-noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yutuqli lotereya chiptasini sotib olgan fuqaroni izlamoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “Tvc.ru”

“Rossiya davlat lotereyasi tarixidagi eng yirik yutuqni olib ketish uchun baxtli inson ‘Stoloto’ savdo uyiga murojaat qilishi kerak”, — deyiladi xabarda.

5-noyabr kuni “Stoloto” lotereyasi kompaniyasi Voronej viloyatida yashovchi fuqaro Rossiya tarixidagi eng yirik 506 million rubl miqdoridagi jek-potni yutib olgani haqida ma’lum qilingan edi.