Pokistonning Karachi shahrida yashaydigan Muhammad Samir ismli 14 yoshli bola boshini qo‘llari yordamida 180 gradusga bura oladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Skrinshot: YouTube

O‘spirinning ta’kidlashicha, bu qobiliyat tug‘ma emas, balki uzundan-uzoq mashqlar natijasidir. Samirning so‘zlariga ko‘ra, u olti yoshligida Gollivudning dahshatli filmlaridan birida boshini 180 gradusga bura olgan aktyorni ko‘rgan, shundan keyin u doimiy ravishda mashq qilishni boshlagan va bir necha oy ichida o‘z maqsadiga erishgan.

Samirning onasi unga bunday mashqlarni taqiqlab qo‘yishga harakat qilgan. “Ammo vaqt o‘tishi bilan bu xudoning in’omi ekanligini tushunib yetdi”, — dedi o‘smirning o‘zi.

Bola maktabni tashlab, pul topish va oilasiga yordam berish uchun Dangerous Boys raqs guruhiga qo‘shildi.