Warner Bros. kompaniyasi  Pokémon Go mobil dasturini ishlab chiqqan Niantic kompaniyasi bilan birgalikda Garri Potter haqida Wizards Unite — yangi mobil o‘yinini yaratish ustida ishlamoqda, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: Niantic

Hozircha yangi “Garri Potter” haqida ko‘p narsa ma’lum emas, biroq o‘yinda Pokémon Go’ning ayrim funksiyalaridan foydalanilishi ma’lum. Xususan, o‘yinchilar “real vaqtda” o‘yin obyektini topish va tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish uchun turli joylarga tashrif buyurishi kerak. Unda sehrli olamning qahramonlari hamda maxluqlari bilan uchrashuv, artefaktlarni izlash, shuningdek, sehrgarlik mashqlari kabi yangiliklar bo‘lishi mumkin.

O‘yin mexanikasi aynan qanday ishlashi, shuningdek, Garri Potter olamining boshqa barcha “sehrlari” haqida 2018-yilda xabar beriladi, biroq aynan qaysi sanada ekanligi hozircha noma’lum.