O‘zbekistonda mobil aloqasining past sifati uchun jarimalar joriy etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga qarori loyihasi muhokama uchun internetda e’lon qilindi, deb xabar beradi UzDaily.
Hujjat bilan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi huquqiy-normativ aktlar, standartlar va sifat sohasidagi talablar buzilishni jazolash uchun moliyaviy sanksiyalar belgilash tartibi tasdiqlanadi.
Jarima miqdori O‘zbekistondagi eng kam ish haqiga qarab belgilanadi.
Hujjatga ko‘ra, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan ushbu talablarning buzilish holatlari qayd etilsa, moliyaviy sanksiyalar belgilanishi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi ruxsatisiz amalga oshiriladi.
Xususan, mobil aloqa va ma’lumot uzatish xizmatlari sohiaisdagi qoidabuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Qoidabuzarliklar orasida 2G, 3G, 4G tarmoqlarida o‘rtacha tezlikka rioya etilmasligi, ovoz uzatish, aloqa o‘rnatish sifatining pastligi, o‘rnatilgan aloqaning uzilib qolishi va hokazolar bor.
Operatorlar va provayderlar tomonidan axborot-ma’lumotnoma xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha qoidalarning buzilishi ham jarima bilan jazolanadi. Operatorlar va provayderlar texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga telefon orqali tushib bo‘lmasligi va operator javob berish muddati buzilishi uchun jarima to‘laydi.
Izoh (0)