Meksikadagi Kankun kurortiga bag‘ishlangan turistik sayt barchaning orzusidagi vakansiyani e’lon qildi. Sayt 6 oy davomida sayohat qiladigan va buning uchun pul oladigan insonni qidirmoqda, deb xabar berdi Forum Daily.

Foto: Depositphotos

Cancun.com ham yaqinda ochilgan sayt uchun brend yuz bo‘la oladigan odamni qidirmoqda.

Boshqacha qilib aytganda, Best Day Travel Group hamda TravelPass Group saytlarini boshqaruvchi ikkala kompaniya bachra muassasalarga, plyajlarga, golf o‘yinlariga, xayriya tadbirlariga tashrif buyuradigan va o‘zining barcha tajribalarini onlayn bo‘lisha oladigan yangi xodim uchun oyiga 10 ming dollar to‘lashga tayyor (shuningdek, barcha xarajatlarini ham).

Ariza topshirish jarayoni juda oddiy va hech qanday tajribaga ega bo‘lish talab qilinmaydi. Ushbu ishga qiziqish bildirgan odamlar onlayn-dasturni to‘ldirishlari va “nima uchun bu vakansiyaga aynan o‘zi mos kelishi” haqida so‘zlagan 1 daqiqali videoni jo‘natishlari kerak. Arizachining yoshi 18 dan kam bo‘lmasligi va amaldagi pasportga ega bo‘lishi lozim.

Avvalliga komissiya 100, so‘ng 50 nafar finalchilarni to‘playdi, 17-yanvarga borib ularning soni 5 tagina qoladi. Ular Kankunga yuboriladi 2018-yilning 31-yanvarida omadli shaxs aniqlanadi.