Aleksandr Mochinov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U19 termasi Osiyo Chempionatiga chiqa olmadi.

Foto: OFK

Bugun: Tojikiston — O‘zbekiston. Mezbonlar stadionga muxlis to‘plash uchun bepul avtobuslar xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Saralashning hal qiluvchi o‘yinida o‘zbekistonliklarni durang natija ham qanoatlantirardi. Ammo ular buning uddasidan chiqa olmadi. Mezbon Tojikistonga qarshi bellashuvning 53-daqiqasida Dilshod Saidov avtogol urib, raqibga qit’a chempionati chiptasini taqdim etdi.

Bir tur avval o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘zi Bangladeshni so‘nggi daqiqadagi avtogol evaziga taslim qilgan, Tojikiston esa o‘sha Bangladesh bilan golsiz durang o‘ynagandi — 0:0.

Reglamentga ko‘ra, 10 ta guruh yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi 5 ta 2-o‘rin egalari Osiyo Chempionatiga borishi kerak edi. O‘zbekiston yoshlari bu borada 7-ko‘rsatkich qayd etdi. Shu tariqa Jahon Chempionati u yoqda tursin, Osiyo Chempionati ham armonga aylandi.

OCh U19. Saralash

“B”guruhi o‘yinlari

Hisor, Tojikiston

1-tur. 31-oktabr

Maldiv — Shri-Lanka 2:2

Bangladesh — Tojikiston 0:0

2-tur. 2-noyabr

Shri-Lanka — O‘zbekiston 0:10

Gollar: Jahongir Abdusalomov, 3 (1:0). Dilshod Saidov, 11 (2:0). Islom Kenjaboyev, 18 (3:0). Jahongir Abdusalomov, 21 (4:0). Islom Kenjaboyev, 25 (5:0). Sanjar Zokirov, 63 (6:0). Sanjar Zokirov, 67 (7:0). Jahongir Abdusalomov, 78 (8:0). Akmal Mozgovoy, 83 (9:0). Jahongir Abdusalomov, 89 (10:0).

Maldiv — Bangladesh 0:1

3-tur. 4-noyabr

O‘zbekiston — Maldiv 6:0

Gollar: Abbos Jumaqulov, 22 (1:0). Iclom Kenjaboyev, 37 (2:0). Dilshod Saidov, 46 (3:0). Islom Kenjaboyev, 60 (4:0). Bobur Asqarov, 65 (5:0). Jasur Rahimov, 71 (6:0).

Tojikiston — Shri-Lanka 6:0

4-tur. 6-noyabr

Bangladesh — O‘zbekiston 0:1

Gol: Muhammad Atikuzzaman, 94+ avt (0:1).

Tojikiston — Maldiv 5:0

5-tur. 8-noyabr

Shri-Lanka — Bangladesh 0:4

O‘zbekiston — Tojikiston 0:1

Gol: Dilshod Saidov, 53-avt (0:1).

Foto: OFK