Rejissor Otabek Mirzoxolovning “Labbay rais” filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Noyabr oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Labbay rais” filmidan keyingi o‘rinlarni Mirmaqsud Oxunovning “Ada, emas dada”, Imtiyaz Alining “Muhabbat yosh tanlamas” Siroj Abdullayevning “Daydi”, Said Muhtorovning “Kulba” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qaysarginam 2”, “O‘g‘ri” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

30-oktabr — 5-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)

Rejissor – Otabek Mirzaxolov

2-o‘rin. “Ada emas,dada” (komediya)

Rejissor – Mirmaqsud Oxunov

3-o‘rin. “Muhabbat yosh tanlamas” (komediya)

Rejissor – Imtiyaz Ali

4-o‘rin. “Daydi” (jangari, drama)

Rejissor – Siroj Abdullayev

5-o‘rin. “Kulba” (drama)

Rejissor – Said Muxtorov