Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 28-turidan joy olgan “Paxtakor” — “Olmaliq” o‘yiniga talabalar jalb etilmoqda, deb yozdi “Tribuna” nashri. Bu esa stadionda muxlislar sonining ko‘proq bo‘lishini ta’minlashi mumkin.
“Barselona” afsonalaridan biri Karles Puyol Toshkentga rafiqasi bilan birga keldi
Nashr manbasi bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Singapur MDIS Tashkent universiteti talabalari “Paxtakor” stadioniga majburan olib kelinmoqda. Tahminlarga ko‘ra, poytaxtdagi boshqa oliygohlardan ham talabalar uchrashuvga jalb qilingan bo‘lishi mumkin.Bungacha “Erudit Sport” nashrining telegramdagi sahifasi ham uchrashuvga talabalar jalb etilayotgani borasida ma’lumot bergandi.
“Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga shoshilinch ko‘rsatma yo‘llangan. Uning matni keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo bo‘lgan.
“O‘FF taklifiga binoan yurtimizga tashrif buyurgan “Barselona” jamoasining mashhur o‘yinchisi Karles Puyol sharafiga bag‘ishlab, 9-noyabr kuni soat 16:00 da “Paxtakor” markaziy o‘yingohida “Paxtakor” — “Olmaliq” uchrashuvi va ko‘ngilochar sport dasturlari namoyish etish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, siz rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasi talaba-yoshlarini ilovaga muvofiq, ushbu futbol uchrashuvi hamda ko‘ngilochar sport dasturida (guruh rahbarlari boshchiligida tartib-intizom va xavfsizlik ta’minlagani holda) tomoshabin sifatida ishtirok etishlarini ta’minlashingiz so‘raladi”, — deb yozilgan ko‘rsatmada.
Izoh (0)