Myunxenda aktrisa Karin Dor 79 yoshda vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Eon Productions Ltd

Aktrisaning o‘g‘li 2016-yil yozida Dor xonim ko‘chada kolyaska sudrab ketayotgan boshqa bir ayol bilan to‘qnashib, yiqilganini aytdi. Dastlabki tekshiruv unda jiddiy jarohatlar qayd etmadi, ammo bahorda aktrisaning ahvoli yomonlashdi. Aktrisa Myunxendagi qariyalar uyida vafot etdi.

Karin Dor Jeyms Bond haqidagi filmlarda afsonaviy agentning ma’shuqasi sifatida suratga tushgan yagona germaniyalik aktrisa bo‘lib qolmoqda. U 1967-yili “bondiana”ning “Faqat ikki marta yashaysan” nomli beshinchi filmida Shon Konneri bilan birga suratga tushgan.

Jami u 50 dan ortiq rolni ijro etgan.