Avstraliyaning Rozdeyl shahri qirg‘oqlariga (Yangi Janubiy Uels shtati) minglab fizaliyalar chiqib qoldi. Buning oqibatida qirg‘oq temirga o‘xshash gilam bilan qoplandi, deb xabar berdi TravelAsk.

Kadr: YouTube

Fizaliyalar yoki portugal kemachalari — Avstraliya va ayrim Osiyo davlatlari qirg‘oq bo‘ylarida istiqomat qiluvchi dengiz jonzotlari. Bu juda zaharli jonzot bo‘lib, u hatto quruqlikda bo‘lsa ham odamni qattiq chaqishi mumkin. Fizaliyalar suv oqimi va shamol kuchi orqali guruh-guruh bo‘lib bir joydan boshqa joyga ko‘chadi.

Qirg‘oqqa chiqib qolgan fizaliyalarni mahalliy aholilardan biri tasvirga olgan. Uning aytishicha, har safar to‘lqinlar urilganida ko‘proq fizaliyalarni qirg‘oqqa chiqarib tashlagan.