TechInsights nashri ekspertlari Apple kompaniyasining iPhone X smartfoni ishlab chiqarish xarajatlarini aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Ma’lum bo‘lishicha, bir gadjet uchun butlovchilarning ulgurji qiymati 357,50 dollardan iborat.

Smartfon narxi bugungi kunda 999 dollardan boshlanmoqda va bu Apple tarixidagi eng baland ko‘rsatkich. Taqqoslash uchun, iPhone 8 narxi ishlab chiqilgan joyda 699 dollardan iborat.

Butlovchilar bo‘yicha gadjetda eng qimmati donasi 65,50 dollar bo‘lgan 5,8 dyuymli OLED-displey ekanligi ma’lum. Gadjet ramkasi 36 dollar, alyuminiy korpusi esa 21,50 dollar baholandi.

Biroq ekspertlar mazkur hisob-kitoblar faqat butlovchilarga tegishli ekanligi, yillar sarflangan ishlanmalar va izlanishlarni o‘z ichiga olmaganligini ta’kidlamoqda.