Buyuk britaniyalik Sem Vellman o‘z avtomobilini jundor itga aylantirdi. Vellmanning sevgan qizi undan doimiy ravishda ishga olib borib qo‘yishni so‘ragani bunga sabab bo‘lgan. Mashinaning tashqi ko‘rinishi sababli qiz unda yurishdan tortinadi va ishga jamoat transportida yetib oladi. TJournal avtomobilning suratlarini taqdim etdi.

Foto: TJournal

Mashina bu ko‘rinishda qariyb bir yildan beri yuribdi va shu sababli u biroz kir bo‘lgan. Vellmanning hikoya qilishicha, u ulovga itning vovillagan ovozini ham o‘rnatgan, qiz esa hammasidan ko‘ra ana shu ovozni yoqtirmaydi. Yigit Rojdestvo bayramida mashinani bug‘uga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Politsiyachilar noodatiy mashinani tez-tez to‘xtatadi, biroq tezda qo‘yib yuboradi, chunki bezakda qonunga qarshi hech narsa yo‘q. Ba’zan politsiyachilar avtomobil bilan suratga tushadi.

Foto: TJournal